Бош саҳифа / Obod qishloq va Obod mahalla dasturi to`g`risida

Obod qishloq va Obod mahalla dasturi to`g`risida

 2022–2026 yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq va mahallalar soni bo‘yicha maqsadli parametrlar tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, belgilangan yillarda respublikadagi jami 2 043 qishloq va mahallalarda (jumladan, 2022 yilda 413 tasida) qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Dasturlar doirasida belgilangan yillarda jami 4 057 ta ijtimoiy soha ob’yektlarini, jumladan, 2022 yilda:

143 ta bog‘cha;
265 ta maktab;
137 ta sog‘liqni saqlash muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash rejalashtirilgan.

1-04-2022, 18:36
Ортга қайтиш