“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbariyati qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi
G‘ozg‘on shahri hokimi Nurali Jo‘rayev, Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi direktori Alisher Turdiyev hamda boshqa mas’ullar “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2025-yil 1-mavsumi yakuniy natijalari asosida g‘olib deb topilgan loyihalarning qurilish jarayonlarini joyida ko‘zdan kechirishdi.
Xususan, 4-umumta’lim maktabi hududida qurilayotgan yangi sport zalidagi ishlar holati o‘rganildi.
Qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya qilinishi hamda loyiha hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Ushbu loyiha o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun sharoit yaratadi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

