Tadbirlar

BUGUN - QURUVCHILAR KUNI

Shu munosabat bilan, Siz, azizlarni bugun mamlakatimizda keng miqyosda nishonlanayotgan qutlug‘ kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Qurilish va bunyodkorlikdagi asriy an’analarni asrab-avaylash bilan birga ijodiy rivojlantirib, ekologik toza va xavfsiz texnologiyalar, ilg‘or muhandislik ishlanmalarini keng joriy etayotganingiz bugun har qancha tahsinga loyiq. Ayniqsa, hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida katta qurilish va obodonlashtirish ishlari jadal olib borilayotgan shu kecha-kunduzda sizlarning mas’uliyatli va sharafli mehnatingiz ko‘lami hamda ahamiyati tobora ortib bormoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Xalqimiz oqqan daryo oqaveradi, deb bejiz aytmagan. Bugun bunyodkorlikda Sharqning mumtoz va Gʻarbning zamonaviy an’analarini uyg‘unlashtirgan izlanishlaringiz tufayli viloyatimizning shahar va qishloqlarida ham yangi-yangi me’moriy asarlaringiz, ishlab chiqarish korxonalari, muhim ijtimoiy soha ob’yektlari, zamonaviy uy-joylar, yo‘l va ko‘priklar barpo etilib, hayotimiz go‘zal, turmushimiz farovon bo‘lmoqda. Raqamlarda ifoda etsak, birgina joriy yilning birinchi yarmida viloyatda qurilish-pudrat ishlari hajmi 6 trln so‘mni tashkil etgani mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlik va oqilona siyosatning ifodasidir.
  
Hurmatli quruvchilar!

Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasidagi barcha islohotlarimizda inson qadri va uning hayotiy manfaatlari ustuvor tutilgan. Ushbu ulug‘vor vazifalarni amalga oshirishda boshqa sohalar qatori qurilish sohasi, uning ulkan imkoniyatlari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu maqsadda aholi punktlarini qurishga kompleks yondashilib, uy-joy, turli bino va inshootlar bilan birga ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ta’lim, tibbiyot va madaniyat muassasalari, istirohat bog‘lari va xiyobonlar, favvoralar, bolalar maydonchalari va sport maskanlari bunyod etishga markazlashtirilgan dasturlar doirasida barcha manbalar hisobidan 1,3 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 302 ta ob’yektda qurilish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani buning amaliy tasdig‘idir. Ishonchim komil, o‘z ishining chinakam ustasi bo‘lgan Siz mohir quruvchilar va mutaxassislar, sohada mehnat qilayotgan barcha insonlar o‘zlarining bor kuch-g‘ayrati, bilim va tajribangizni ana shunday ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishga safarbar etasiz.

Siz, azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xonadonlaringizga qut-baraka tilayman. Yaratuvchan qo‘llaringiz hech qachon dard ko‘rmasin, halol mehnatingiz ortidan topganingiz yaxshi kunlaringizga buyursin!

 

“Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi rahbariyati qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi

G‘ozg‘on shahri hokimi Nurali Jo‘rayev, Navoiy viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi

Obod qishloq va Obod mahalla dasturi to`g`risida

2022–2026 yillarda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida qurilish, ta’mirlash hamda obodonlashtirish

"Yangi Navoiy” shaharchasidagi qurilish ishlari ko‘rib chiqildi

Viloyat hokimi Normat Tursunov “Yangi Navoiy” shaharchasida qurilish ishlarini olib borayotgan quruvchilar bilan

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish

O zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 yanvardagi PQ 98-sonli 2022-2024 yillarda O zbekiston

Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun Navoiy shahridagi "Tinchlik plaza" tantanalar uyida Qurilish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan